avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom, buvim mahallamiz faxri

Маънавият


O'zbekiston Respublikasi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan viloyati, Kosonsoy tumani,
9-sonli maktabning 6-sinf o’quvchisi
Abduvalieva Zulxumorning

«Mening bobom, buvim mahallamiz faxri»
mavzusi bo’yicha yozgan inshosi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kososnsoy– 2015 yil
Insho.
 
1. Kirish. Keksalarni e'zozlab yashang.
 
2. Asosiy qism:
     1. 2015-yil keksalarni e'zozlash yili.
     2. Mahallamiz faxriylari.
     3. Mahallamizda bobom va buvimning o’rni.
 
3. Xulosa.  Biz ulardan ibrat olib yashaymiz.
    
                                                             Asl farzand bo’lay desangiz,
                                  Guldek unib o’say desangiz,
                                Ezgu ishlar qilay desangiz,
                              Duo olib to’lay desangiz,
                                            Xar bir tongni savobdan boshlang,
                                   Keksalarni e'zozlab yashang.
 
Olamda eng avval inson aqlli yaralgan, aql qalb posbonidir. U til, ko’z, quloqning ustidan ham posbonlik qiladi. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a'zo orqali qalbga kirib boradi.
Ana shu uch a'zodan kirib boradigan ezgulik va yovuzlik xislatlarning roli katta hisoblanadi. Ya'ni, ezgulik xislatini olib kiradi.Yovuzlikni esa inson o’ziga — o’zi orttirib oladi. Chunki keksalarimiz o’rnak qilib ko’rsatgan ayrim yomon xislatlarni o’ziga loyiq biladi. Agar inson keksalarimiz aytgan har bir so’zning chuqur ma'nosini anglaganida xayot yo’llarida hech qachon
adashmas edi.
Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilishni, O’zbekistonning barcha xududlarida keng saviyada nishonlanib kelinmoqda. Hattoki, Vatanimizning eng chekka joylaridagi nuroniy bobo-yu momolarimiz holidan xabar olinmoqda.   Keksalarni e'zozlash yili dasturida barcha yolg’iz keksalarimizga davlat tomonidan moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatilmoqda. Ayniqsa, yaqinda bo’lib o’tgan 9-may «Xotira va qadrlash» kunida katta bayram tantanasiga necha mingdan ziyod bobo-yu momolarimiz tashrif buyurishdi. Ularga davlatimiz tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. Bayramda qatnasha olmagan ayrim nuroniylarimizga mahalla raislari tomonidan o’z uylarida taqdim etildi.
Bizning maktabimizda ham 4-may kuni bayram munosabati bilan ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi 96-yoshli Abdukarim ota tashrif buyurdilar. Urush yillari haqida ozgina gapirib o’tdilar.  – Urush yillari juda og’ir damlarni boshimizdan kechirganmiz. U paytlarda yeyishga nonimiz, yurishga madorimiz qolmagan. O’sha paytlarda men to’rt kun bir burda non yemaganman. Og’zimda bir dona o’rikni saqlab yurgan edim. Ammo, shunday kunlar o’tib ketdi. Hozir esa erkin hur zamonda yashayotganimdan xursandman. Shu kunlarni ko’rish menga ham nasib etdi. Sizlar ham shunday kunlarni qadriga yeting. O’qib izlaning bolalar.
Abdukarim otaning  so’zlaridan hamma ta'sirlanib ketdi. Jumladan, men ham ularning so’zlaridan ta'sirlanib,  «Vatan uchun jon kuydirganlar» degan she'r  ijod qildim:
Bunda necha avlodlarning qoni singgandi,
To’rt kun non yemasdan o’rik yegandi.
Ba'zilar ochlikdan o’lib ketgandi,
Qanchalar xurlangan yey, ona yurtim!
Qaniydi biz ko’rgan kunlarni ko’rsa,
Ularning ruhlari shod bo’la qolsa.
Ko’nglimni ezdilar ular ko’rgan kun,
Yuragimni bezdirar ular ko’rgan kun.
 
Yurtboshimiz tashabbusi bilan  bizga shuncha imkoniyat berib qo’yilgan. Biz shu imkoniyatlardan oqilona foydalanaylik.
Bizning mahallamiz juda ahil. Go’yoki, ayrilmas jamoaga o’xshaydi. Mahallamizdagi Muhabbatjon, Zulfiyajon va Saodatjon degan keksa buvilarimiz bor.. Ularning orasida eng ulug’i Saodatjon xola hisoblanadi.  Zulfiyajon xola qizlarni odob ahloqi haqida ko’p gapiradilar. Qizlarga ko’p nasihat qiladilar, «Kalta yubka kiymanglar, sochni kalta kesmanglar, bosh kiyimsiz yursangiz uyat bo’ladi» deydilar.
Maxallamiz faxriylari,
El-u yurtning dilbandlari.
Qiladilar ko’p oyatlar
Bizga pandu nasihatlar.
Mahallamiz faxriylari,
El-u yurtning dilbandlari.
Mahallamiz faxriylaridan yana Abdumannon, Abduqahhor, Abdunabi va boshqa keksalar mahallamiz faxridurlar.
Mening bobom mahallamizda quruvchi usta hisoblanadilar. Buvim esa tikuvchi, chevar. Yoshlari keksayib qolgan bo’lsa ham, oyimdan qolishmaydilar. Mening bobom hozir yon qo’shnimizning uyida imorat quriyaptilar. Bobom mahalladan chiqmaydilar. Faqat qo’shnilarning uyida ishlaydilar. Qo’shnilarimiz ham boshqa usta yollashmaydi. Buvim esa mahallamiz faxri, eng dono ayoli hisoblanadi. Biror to’y marosimi, yoki boshqa marosimlar buvimsiz o’tmaydi. Buvimning bizga qilgan nasihatlarida xayot haqiqati yotadi. Jumladan buvim shunday deydilar: Qarindosh urug’lardan aloqangni uzma, ular bilan talashma, o’ylab ish tut, odamlarni giybat qilishdan o’zingni tiyib yur, shoshma-shosharchilikda ish tutma, har bir ishning ko’zini bil, o’zingni janjaldan tort.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ulardan ibrat olib yashasak, xayot yo’llarida qoqilmaymiz. Keksalarimizning duosida, nasihatlarida hayot haqiqati yotadi. Agar mahallada biror keksa nuroniy inson bo’lmasa, u mahalla jamiyatga xizmat qila olmaydi. Bobokalonlarimiz bejizga «qarisi bor uyning parisi bor» deyishmaydi. Qarisi bo’lmagan uyning qut-barakasi bo’lmaydi.

"Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri"

Маърифат гулшани


KOSONSOY TUMAN 6-SONLI MAKTABNING 6 B SINF O’QUVCHISI  HAKIMOVA SIDIQAJONNING «MENING BOBOM, BUVIM MAHALLAMIZ FAXRI» MAVZUSIDA YOZGAN INSHOSI
 
INSHO
 
Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.
1.Oila negizida-mahalla.
2.Inson-aziz, xotira-muqaddas.
3.Tinchligimiz qo’rg’oni ular.
4.Xulosa
Keksalarni e`zozlashdagi yurtning ertasi bor.
 
         Inson tug’ilibdiki, uning qalbida katta-katta orzular gullaydi, kurtak ochadi va kamol topishiga intiladi. Hayotda har bir inson kasb kori, turmush tarzi yashashi muddaosini o’z qarichi bilan belgilaydi. Barcha inson o’z hayoti davomida halol rizq-ro’z topish, jamiyatda  o’z o’rniga ega bo’lib xalqi uchun xizmat qilib yuksalishga intiladi. Ammo aksariyat insonlar esa ertangi hayotini o’ylamaydi. O’tkinchi xoyu-havasga uchibjamiyatda o’z o’rnini yoqotadi. Bunaqangi bir biriga zid bu ikki xil turmush tarzi go’yo tabiiydek. Har bir kishi o’z hayoti va taqdirini o’zi yaratadi. O’zi ekkan hosilni o’zi o’radi. Shoirla-ru yozuvchilar aytishganidek, bu dunyoda nima izlasam, albatta, shuni topasan. Hikmat izlasak hikmat, niyat izlasak-niyat topamiz. Dunyo bo’ylab hasad va ezgulik azal-azaldan yonmayon turadi. Bu ikki holatda yaxshilab e`tibor qaratsag, shaxsiy turmush tarzini belgilashni Sharq va g’arbga xos ikki xil holatga duch kelamiz. Sharqda esa buning butkul aksi. Ota onaga nuroniy buvijonlar va bobojonlargaustoz murabbiylarga hurmat-e`tibor,  halollik to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar bola qalbida oilada shakllanib saqlanadi.
         Mahalla-ko’y, oila o’zaro hamjihatlik eng asosiy tarmoq hisoblanadi. Mahallaning kuch-qudrati buyerda umrguzaronlik qilayotgan kishilarning o’zaro ahil inoqligiga bog’liq. Shu sabab biz oilani mahalla negizi deb ataymiz. Mahalla-jamiyatimizning eng katta yutug’i. Mahallada turli millat vakillari har xil kasb egalari yonmayon, ahil va inoq istiqomat qilishadi. Mahalla bo’lib yashash bizga ota-bobolarimizdan qolgan eng katta meros hisoblanadi. Inson hayotidagi eng totli kunlar manashu mehr koni bo’lmish mahallada mujassam, bu yuksak kuch hisoblanadi. Buzilgan yo’l, ko’prikni tuzatish mumkin, ammo buzilgan rishtalarni tiklash ancha mushkul. Agar mahallada oilada rishtalar biroz sayozlashgan bo’lsa, uni albatta, mustahkamlash darkor. Ya`ni hayotga real ko’z bilan qarashni unutmaslik kerak.
         Xotirlash va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga most va xos, ota-bobolarimizga atalgan va ulardan bizga meros bo’lib kelayotgan insoniy urf-odatlarimiz, fazilatlarimizga to’liq hamohangligi bilan ahamiyatli.
         Tariximizga bir bor nazar tashlasak unda O’zbekistonimizni shunday ozod va farovon hayotga erishish oson kechmayotganligiga yana bir bor amin bo’lamiz. Bunday urushga ketib halok bo’lgan. Yoki bedarak yoqolgan, yo bo’lmasa urush ko’rgan bobolarimizdan so’rasak, urushning qanday ayanchli va azobli kechganligini so’zlab beradilar. Bobolarimizning bunday ayanchli ahvolidan buvijonlarimiz xabardor. Chunki, ular bobolarimizni intizor kutib, ularga bir burda non topsalar, o’shani jo’natib intizor ko’zlarini mo’ltirlatib kutib o’tirganlar. Shunday ekan, bizga yaxshi yo’l-yo’riq ko’rsatadigan ham bizni yomon yo’ldan qaytarishni ham bobojon va buvijonlarimizdan o’rganmog’imiz kerak.
         «Qarisi bor uyning parisi bor» deydi dono xalqimiz. Ha, albatta, ular bor ekan, qut baraka, tinchlik totuvlik, quvonch-u xotirjamlik, ezgulig-u yaxshi amallar xonadonimizdan aslo arimaydi. Ularning tillarida yangragan shirin so’zlar-u, foydaga kon bo’lgan maslahatlari insonning dilini va yo’lini nurafshon qiladi. O’zbek oilalarini buvijon va bobolarsiz tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan, ularga hurmat va e`tibor ko’rsatishimiz, mehr berishimiz barchamizga ham farz, ham qarzdir. Ushbu yilning «Keksalarni e`zozlash yili» deb elon qilinishi yurtimizga qariyalarga bo’lgan hurmat-e`tibor, mehr-muruvvat, ehtiromning   yanada kuchayganligidan darak beradi.
         Mazkur yildan kutilayotgan natijalarham talaygina. Avvalo, qariyalarimizning sog’liq-salomatligi, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, qariyalarga ularning dini, irqi va kelib chiqishidan qatiy nazar mehr – muruvvat qo’llarini cho’zish va bu borada ijobiy natijalarni qo’lga kiritishdir.
         Mehrimiz tufayli qariyalarimizning sehralaridan tabassum, qalblaridan quvonch arimasin. Keksalarimiz uyimiz va tinchligimiz qo’rg’onlaridir. Biz ularning tinch, osoishta, serquyosh o’lkada kechirayotgan mazmunli umrlariga umr qo’shilishiga tilakdoshmiz.
 
Asil farzand bo’lay desongiz,
Gulday uni o’say desangiz,
Duo olib to’lay desangiz,
Ezgu ishlar qiliy desangiz,
Har bir tingni savobdan boshlang,
Keksalarni e`zozlab yashang,
Assalomdan boshlar so’zingiz,
Yuzlariga bosib yuzingiz
Poyiga nur bo’lsin ko’zingiz,
Har bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e`zozla yashang
 
Xalqimizda «Qari bilganni pari bilmas» degan naql bor. Haqiqatdan ham katta hayot yo’lini bosib o’tgan nuroniylar ko’rsatgan yo’l hamisha to’g’ri bo’lgan. Yoshi ulug’lar pand-nasihatlaridan mutassir bo’lgan o’g’il-qizlar yanada faollashishi tayin.
«Kattaga hurmat-kichikka izzat» maqoli xalqimizning tilu dinidan tushmaydi. Bu hikmat kundalik hayotmizda amallarimiz, munosabatlarimizda o’z tasdig’ini topadi.
 
Siz duo qilsangiz bo’lgay ijobat,
Gullar izingizda fayz-u barokat.
O’zingiz donishmang, so’zingiz hikmat,
Davr keldi-qaddingiz uring keksalar,
Qarilik gashtini suring keksalar.
Mo’`tabar, nuroniy onaxonlarim,
Pir-u badavlatim, otaxonlarim,
Dunyo tinchim so’rab turgan jonlarim,
Dunyo turgunicha turing keksalar,
Qarilik gashtini suring keksalar!
 
Ulug’ yoshagi insonlarni hurmat qilib milliy axloqiy qadryatlarimizdan hisoblanadi. Ko’pni ko’rgan, tajribali va sabrli, fe`li keng otaxonlarimiz va onaxonlarimizni ardoqlashimiz zarur. Payg’ambarimiz ham «Hurmat qilsang, hurmat topasan», «Kimki bir kishini yoshi ulug’ligi uchun hurmat qilsa, uni ham yoshi ulg’ayganda hurmat qiladiganlarni tayyorlab qo’yadi» deb buyuradilar.
Yosh ulg’aygan sari inson hayotining baland pastliklariniyengillik va mashaqqatlarini, shirin-u achchig’ini totib, tajriba ottiradi, komil insonga xos yuksak fazilatlar, axloqlarni o’zlashtiradi.
Demak, yoshi ulug’larni hurmatlash, ularni yaxshi parvarish qilish, boy tajribalardan saboq olish, foydali maslahat va nasihatlariga amal qilish orqali hayotimizni sermahsul va sermazmun o’tkazishimiz mumkin.

"Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri"

Маърифат гулшани



 
Kosonsoy tuman XTMTMTTLBga qarashli
 
1-sonli maktabning 9-B- sinf o`quvshisi
 
Mahmudova Manzura-ning
 
“Mening bobom va buvim mahallamiz faxri” mavzusida
 
Yozgan inshosi
 
 
 
 
 
Reja:
 
 
 
1.                2015-yil Keksalarni ezozlar yili
 
2.                Keksalar bizning faxrimiz
 
3.                Mening bobom, buvim oilamiz faxri
 
4.                Xulosa
 
Mana, 2015-yil Prezidentimiz tomonidan Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilindi. Bu bizning keksalarga bo’lgan hurmatimiz ramzidir.
 
Qarisi bor uyning parisi bordir. Neki yaxshiliklar barisi bordir.
 
Yuzlaridan nur yog’ar qo’llar duoda: Yurtimiz tinch bo’lsin tengsiz dunyoda.
 
“Qarisi bor uyning – parisi bor”deydi dono xalqimiz. Haqiqatdan,ham shundan. Keksalarimiz oilamiz farishtalaridir. Ular o’zlarining padn – nasihatlari, dono fikrlari bilan biz yoshlarga doimo, o’rnak bo’lib keladilar. Biz oilamizdayetti kishimiz. Buvim, dadam, bobom, oyim, opam, akam va men.
 
Har kuni dasturxon artofida o’tirganimizda bobom va buvijonim bizlarni duo qiladilar. Biz mahallamizda har havta mehnat faxriylarni ko’rishga borib turamiz va ularning ham duolarini olamiz.
 
Mahallamiz faxriylari, bobom va buvimning hayotlari biz uchun hayot maktabidir. Bizga doimo bobom ikkinchi jahon urushi haqida gapirib beradilar.
 
Buvim esa doimo qiz bolaga tikuvchilik va pazzandachilik zarur deydilar. Ular bizga xayotning yo’llari doimo tekis bo’lmasligini o’nqir-qo’nqir yo’llar ham bo’lishini va uyerlardan shoshqaloqlik qilmay o’tishni bizga tushuntiradilar.
 
“Qari bilganni rapi bilmas”deydi dono halqimiz. Buvimning 25 ta nevaralari 8 ta evaralari bor. Beshta amakim uchta ammam bor.
 
Ular bobom va buvimni ko’rishga har kuni kelib turishadi. Biz ular kelganda dasturxon atrofida yig’ilamiz va bobom buvim bizni  duo qiladilar. Ular uyimiz farishtalari. Buvim es saramjon sarishta. Doim ular omon bo’lsinlar deymiz.
 
 
 
Duodadir qo’llari,
 
Porloq doim yo’llari.
 
Hamisha bo’ling omon,
 
Mehribonim – buvijon.
 
 
 
2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”deb nomlangan Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.
 
2014-yil “Sag’lom bola yili”edi. Uning orqasidan esa, “Keksalarni e’zozlash yili”deb nomlangan ham yaxshi bo’ldi. Keksalar bizning faxrimizdir. Ular bizga kelajakni davom ettirishimizga ko’maklashadilar. Biz bobo buvilarimizdan olgan pandu nasihatlarni qo’llasak hech qachon ham bo’lmaymiz.
 
Inshoyimni tugatar ekanman,keksalarimizga omonlik tilab qolaman.
 
O’quvchi erkin mavzudagi insho uchun sodda reja tanlab shu reja asosida o’z fikrini bayon qilgan. Insho xayotda bog’langan. Epigraf keltirilgan.
 
Xusnixatga e’tibor berilgan.
2 ta inshoraviy xatolik mavjud.

"Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri"

Маърифат гулшани


Kosonsoy tuman XTMTMTTLBga qarashli
1-sonli maktabning 9-B- sinf o`quvshisi
Eshonxonova Zulxumor-ning
“Mening bobom va buvim mahallamiz faxri” mavzusida
Yozgan inshosi
 
 
Reja:
1. Prezidentimi tomonidan 2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi;
2. Qarisi bor uyning – parisi bor;
3. Kattaga hurmat, kichikka izzat
4. Buvim aytgan o’gitlar;
5. Mening bobom va buvim mahallamiz faxri;
6. Xulosa.
 
                   Yoshning hurmati – qarz,
                   Qarining hurmati – farz.
 
         Keksalarni e’zozlash bizning halqimizda azal-azaldan o’tib ketayotgan an’analarimizdan biridir. Keksasi bor, ibratli oilalar bizning yurtimizda ko’plab topiladi. Konstitutsiya boblaridan birida ham keksalarni e’zozlashni alohida ko’rsatib o’tilgan. Mustaqil yurtimizda nuroniy qariyalarga e’tibor, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Prezidentimiz tashabbuslari bilan joriy yilga «Keksalarni e’zozlash yili» deb nom berilishi, davlat dasturini ishlab chiqib, amalga tadbiq etilishi keksalarga g’amxo’rlik va e’tiborning yorqin namunasidir. Obod va ozod yurtimizda keksalarni e’zozlash va ularga har tomonlama g’amxo’rlik kuchaytirilmoqda. Biror davlat yo’qki, ularda bizning yurtimizdagi kabi keksalari davlat tomonidan izzat va hurmatda bo’lsa, Prezident farmonlariga asosan yuz yoshga to’lgan va undan oshgan shaxslarga, shuningdek pensionerlarga, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, qo’llab-quvvatlashga e’tibor yanada kuchaytirilmoqda.
                   Qarisi bor uyning – parisi bordir,
Neki yaxshiliklar – barisi bordir,
Yuzlaridan nur yog’ilar, qo’llar duoda,
Yurtimiz tinch bo’lsin, tengsiz dunyoda.
         «Qari bilganni – pari bilmaydi» degan dono naql bor halqimizda. Oilamizda yoshi sakson oltigayetgan buvimlar bor. Buvimizning qo’llari hamisha duoda. Bu yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilingani, ko’plab yurtdoshlarimiz qatori mening buvimni ham quvontirdi. Buvimlar doim sizlar shukur qilinglar deydilar. O’zbekistondek jannatmakon yurtda yashnab, keksalik gashtini surayotganimdan faxrlanaman, deydilar. Yurtimiz tinchligiga, dasturxonimiz to’kin, turmushimiz farovonligiga shukur qilishimizni ta’kidlaydilar. Tinchlikni hech narsaga tenglashtirib bo’lmaydi, deydilar.urushda akalari, otalari frontdan qaytib kelmagan ekanlar. O’sha paytdagi ocharchilik, qiyinchiliklarni so’zlab berar ekanlar, biz ko’rdik u kunlarni, sizlar aslo ko’rmanglar deb o’rgatadilar. Buvijonim menga qiz bola odobli, axloqli bo’lishi, mehnatsevar, shirinso’z bo’lishi, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’lishini o’rgatadilar. Hovli supurilgan, fayzli bo’lishini, gul-u rayhonlarni parvarish qilishni aytadilar. Shunga aytishsa kerakda «Qari bilganni – pari bilmas», — deb.
Bizning jannatmakon O’zbekistonimizda hamma bir-biriga hurmatda va izzatda bo’ladi. Albatta, har bir oilada bobo va buvi bor. Ular biz yoshlar uchun juda katta tarbiya beruvchi insonlardir. Mana, masalan menga bobom va buvim doim kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo’l deb o’rgatadilar. Bobom o’zingdan kattaga salom ber, yo’lda ketayotgan odamlarga yo’l ber, odobli, alqlli qiz bo’lgin deb doim menga nasihat qiladilar.
Men bu nasihatlarni eshitib, albatta, bobom va buvim istagandek komil inson bo’lishga harakat qilaman.
Buvijonim juda mehribonlar. Buvim, nafaqat bizning barcha mahallamizning buvijonlari. Hozirda buvim saksan olti yoshni qoralaganlar. Boshlaridan ne-ne qiyinchiliklar o’tgan ekan. Shuning uchun bo’lsa kerak hammaga nasihat qiladilar. Isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikni, bir burda nonga zor bo’lgan kunlarini eslaydilar. Qiz bolalar avvalo ozoda, chevar bo’lishini, mehnatsevar bo’lishni ta’kidlaydilar. Hovli saramjon-sarishda bo’lishini aytadilar.
Mo’tabar qariyalarimiz mahallamiz fayzi, xonadonlarimiz ko’rkidir. Xullas, bobom va buvim oilamiz, mahallamiz faxridirlar. Men ularning bariga shukur qilaman. Keksalar bor yurt, xonadon tinch, farovon bo’ladi. Baxtimizga doimo keksalarimiz omon bo’lishsin.
Men «Bobom va buvim mahallamiz faxri» mavzusidagi inshoyimni tugatar ekanman, o’zimga juda katta ta’surot oldim. Men ham katta bo’lsam buvijonimga o’xshagan aqlli, nasihatgo’y bo’laman. Bobom va buvim nafaqat oilada, balki mahallada ham o’zlarining chiroyli nasihatlari bilan o’z obro’-e’tiborlariga, hurmatlariga ega.