Mening bobom, buvim mahallamiz faxri
МаънавиятNamangan viloyati, Kosonsoy tumani,
9-sonli maktabning 6-sinf o’quvchisi
Abduvalieva Zulxumorning
«Mening bobom, buvim mahallamiz faxri»
mavzusi bo’yicha yozgan inshosi
Kososnsoy– 2015 yil
Insho.
1. Kirish. Keksalarni e'zozlab yashang.
2. Asosiy qism:
1. 2015-yil keksalarni e'zozlash yili.
2. Mahallamiz faxriylari.
3. Mahallamizda bobom va buvimning o’rni.
3. Xulosa. Biz ulardan ibrat olib yashaymiz.
Asl farzand bo’lay desangiz,
Guldek unib o’say desangiz,
Ezgu ishlar qilay desangiz,
Duo olib to’lay desangiz,
Xar bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e'zozlab yashang.
Olamda eng avval inson aqlli yaralgan, aql qalb posbonidir. U til, ko’z, quloqning ustidan ham posbonlik qiladi. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a'zo orqali qalbga kirib boradi.
Ana shu uch a'zodan kirib boradigan ezgulik va yovuzlik xislatlarning roli katta hisoblanadi. Ya'ni, ezgulik xislatini olib kiradi.Yovuzlikni esa inson o’ziga — o’zi orttirib oladi. Chunki keksalarimiz o’rnak qilib ko’rsatgan ayrim yomon xislatlarni o’ziga loyiq biladi. Agar inson keksalarimiz aytgan har bir so’zning chuqur ma'nosini anglaganida xayot yo’llarida hech qachon
adashmas edi.
Yurtboshimiz tomonidan 2015-yilni «Keksalarni e'zozlash yili» deb e'lon qilishni, O’zbekistonning barcha xududlarida keng saviyada nishonlanib kelinmoqda. Hattoki, Vatanimizning eng chekka joylaridagi nuroniy bobo-yu momolarimiz holidan xabar olinmoqda. Keksalarni e'zozlash yili dasturida barcha yolg’iz keksalarimizga davlat tomonidan moddiy va ma'naviy yordam ko’rsatilmoqda. Ayniqsa, yaqinda bo’lib o’tgan 9-may «Xotira va qadrlash» kunida katta bayram tantanasiga necha mingdan ziyod bobo-yu momolarimiz tashrif buyurishdi. Ularga davlatimiz tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. Bayramda qatnasha olmagan ayrim nuroniylarimizga mahalla raislari tomonidan o’z uylarida taqdim etildi.
Bizning maktabimizda ham 4-may kuni bayram munosabati bilan ikkinchi jaxon urushi qatnashchisi 96-yoshli Abdukarim ota tashrif buyurdilar. Urush yillari haqida ozgina gapirib o’tdilar. – Urush yillari juda og’ir damlarni boshimizdan kechirganmiz. U paytlarda yeyishga nonimiz, yurishga madorimiz qolmagan. O’sha paytlarda men to’rt kun bir burda non yemaganman. Og’zimda bir dona o’rikni saqlab yurgan edim. Ammo, shunday kunlar o’tib ketdi. Hozir esa erkin hur zamonda yashayotganimdan xursandman. Shu kunlarni ko’rish menga ham nasib etdi. Sizlar ham shunday kunlarni qadriga yeting. O’qib izlaning bolalar.
Abdukarim otaning so’zlaridan hamma ta'sirlanib ketdi. Jumladan, men ham ularning so’zlaridan ta'sirlanib, «Vatan uchun jon kuydirganlar» degan she'r ijod qildim:
Bunda necha avlodlarning qoni singgandi,
To’rt kun non yemasdan o’rik yegandi.
Ba'zilar ochlikdan o’lib ketgandi,
Qanchalar xurlangan yey, ona yurtim!
Qaniydi biz ko’rgan kunlarni ko’rsa,
Ularning ruhlari shod bo’la qolsa.
Ko’nglimni ezdilar ular ko’rgan kun,
Yuragimni bezdirar ular ko’rgan kun.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan bizga shuncha imkoniyat berib qo’yilgan. Biz shu imkoniyatlardan oqilona foydalanaylik.
Bizning mahallamiz juda ahil. Go’yoki, ayrilmas jamoaga o’xshaydi. Mahallamizdagi Muhabbatjon, Zulfiyajon va Saodatjon degan keksa buvilarimiz bor.. Ularning orasida eng ulug’i Saodatjon xola hisoblanadi. Zulfiyajon xola qizlarni odob ahloqi haqida ko’p gapiradilar. Qizlarga ko’p nasihat qiladilar, «Kalta yubka kiymanglar, sochni kalta kesmanglar, bosh kiyimsiz yursangiz uyat bo’ladi» deydilar.
Maxallamiz faxriylari,
El-u yurtning dilbandlari.
Qiladilar ko’p oyatlar
Bizga pandu nasihatlar.
Mahallamiz faxriylari,
El-u yurtning dilbandlari.
Mahallamiz faxriylaridan yana Abdumannon, Abduqahhor, Abdunabi va boshqa keksalar mahallamiz faxridurlar.
Mening bobom mahallamizda quruvchi usta hisoblanadilar. Buvim esa tikuvchi, chevar. Yoshlari keksayib qolgan bo’lsa ham, oyimdan qolishmaydilar. Mening bobom hozir yon qo’shnimizning uyida imorat quriyaptilar. Bobom mahalladan chiqmaydilar. Faqat qo’shnilarning uyida ishlaydilar. Qo’shnilarimiz ham boshqa usta yollashmaydi. Buvim esa mahallamiz faxri, eng dono ayoli hisoblanadi. Biror to’y marosimi, yoki boshqa marosimlar buvimsiz o’tmaydi. Buvimning bizga qilgan nasihatlarida xayot haqiqati yotadi. Jumladan buvim shunday deydilar: Qarindosh urug’lardan aloqangni uzma, ular bilan talashma, o’ylab ish tut, odamlarni giybat qilishdan o’zingni tiyib yur, shoshma-shosharchilikda ish tutma, har bir ishning ko’zini bil, o’zingni janjaldan tort.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ulardan ibrat olib yashasak, xayot yo’llarida qoqilmaymiz. Keksalarimizning duosida, nasihatlarida hayot haqiqati yotadi. Agar mahallada biror keksa nuroniy inson bo’lmasa, u mahalla jamiyatga xizmat qila olmaydi. Bobokalonlarimiz bejizga «qarisi bor uyning parisi bor» deyishmaydi. Qarisi bo’lmagan uyning qut-barakasi bo’lmaydi.